O‘zbekiston | 16:46 / 09.02.2017
20920
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga Sodiqov Abdushukur Abdujamilovich yangi rahbar sifatida tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyatidagi Kun.uz manbasi xabar qildi.

U bu lavozimda 2015 yilning noyabridan buyon ishlab kelgan Yorqulov Qudratjon Mutalibovich o‘rnini egalladi.

Sodiqov Abdushukur shu kunga qadar Andijon davlat Tibbiyot institutida rektor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Mavzuga oid