Jamiyat | 08:26 / 10.02.2017
6403
1 daqiqa o‘qiladi

MRT uslubi ixtirochilaridan biri Piter Mensfild vafot etdi

Foto twitter.com/UniofNottingham

Magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) uslubi ixtirochilaridan biri va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati britaniyalik Piter Mensfild 83 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda olim ishlagan Nottingem universiteti.

Organizm ichiga kirmay turib ichki organlar tasvirini olish borasidagi tadqiqotlar zamonaviy tibbiyotdagi eng ilg‘or sohalardan biridir.

Mensfild va amerikalik tadqiqotchi Pol Loterburg ushbu texnologiyani o‘rganish va yaxshilash maqsadida bir-birini to‘ldiruvchi tadqiqot va tajribalar o‘tkazishgan. Ularga ixtiro uchun Nobel mukofoti 2003 yilda topshirilgan.

Mensfild o‘z vaqtida maktab imtihonlarini topshira olmagan hamda 15 yoshidan boshlab bosmaxonada mehnat qilgan, so‘ngra armiyaga jo‘nagan. Yigit armiyada raketa qurish sohasi bilan qiziqib qolib, kerakli imtihonlarni topshirgan va Londondagi kollejga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach esa yadro magnit-rezonansi muammolari haqida ilmiy ish yozgan.

Mavzuga oid