Samsung vitse-prezidentini hibsga olish uchun order so‘raldi
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyasi guruhlari vitse-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish uchun order talab qildi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.
"Biz (Samsung Electronics kompaniyasining) vitse-prezident Li Chjye Yon va prezident San Jin Pakni hisbga olish uchun order so‘rab murojaat qildik", - deya prokuraturaning so‘zlarini keltiradi agentlik. Prokuror qo‘shimcha tafsilot bermadi, biroq bu borada chorshanba kungi brifingda batafsil bayonot berilishini ta'kidladi. O‘z navbatida, Seuldagi sudda, order so‘rovnomasi bo‘yicha eshituv 16 fevralda o‘tkazilishi haqida xabar berildi.
Yanvar oyida Li Chje Yonni hisbga olish uchun Janubiy Koreya sudiga yo‘naltirilgan birinchi so‘rovnoma rad etildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, aynan Li Chje Yon Tsoy Sun Sil - mamlakat prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasiga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Buning evaziga hukumat tomonidan biznesning yanada samarali yuritilishi uchun turli imtiyozlar yaratilgan.
Mavzuga oid
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024