Fransiya prezidentligiga nomzod Fiyonning rafiqasi hibsga olindi
Fransiya sobiq bosh vaziri, mamlakat prezidentligiga nomzod Fransua Fiyonning rafiqasi Penelopa qo‘lga olindi hamda qamoqqa joylashtirildi. Ayni damda tintuv o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.
Bu haqda Mediapart nashri xodimi Ellen Salvi Twitter’dagi sahifasida yozgan.
“Penelopa Fiyon qamoqqa olindi, tintuv o‘tkazilmoqda. "Respublikachilar" partiyasiga yaqin bo‘lgan manba”, - deya yozgan jurnalist.
Chorshanba kuni Fiyon rafiqasining ishga joylashtirilishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirilgani ma'lum bo‘ldi. Nomzodning partiyadagi tarafdorlari bu borada hech qanday izoh berishmadi.
Avvalroq Fiyonning mashhur Parij qishloq xo‘jalik ko‘rgazmasiga chorshanba kuniga rejalashtirgan tashrifi bekor qilingani xabar qilingandi. Bu yerga har yili barcha darajadagi siyosatchilar, xususan davlat rahbari ham keladi.
Shu bilan birga, Figaro ma'lumotlariga ko‘ra, "Penelopa uyda hamda u bilan hammasi joyida". Bu haqda nufuzli nashrga Fiyon oilasiga yaqin manba xabar qildi. U Mediapart’ning Fransiya prezidentligiga nomzod rafiqasi qo‘lga olingani haqidagi xabarini rad etdi.
Sobiq bosh vazir rafiqasi Penelopa Fiyon bilan bog‘liq mojaro Canard enchaine hajviy gazetasida, u sakkiz yil davomida parlamentariy Fransua Fiyonning yordamchisi sifatida ish haqi olgani haqida xabar e'lon qilinganidan so‘ng avj oldi.
Shu bilan bir qatorda, nashr to‘lov blankalariga asoslangan – Penelopa ular bo‘yicha 1998-2002 yillardagi davrda parlamentariylar xizmatini to‘lashga mo‘ljallangan fondlardan mablag‘ olgan.
Bunday ayblovlar Fiyonning ikki nafar farzandiga ham tegishli bo‘ldi. Gazeta esa parlamentda turli lavozimlarga oila a'zolaridan birini tayinlash mehnatga olishda soxta ma'lumotlardan foydalanilmasa, qonunga xilof emasligini ham keltirib o‘tgan.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ro‘y berayotgan holat uning nomzodini saylovlardan chetlatishga urinish bo‘lib, OAVning bunday bayonotlari tuhmatdir.
Ma'lumki, Fransiyada prezident saylovlari 23 aprel va 7 may kunlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024