Fan-texnika | 12:05 / 08.03.2017
7227
2 daqiqa o‘qiladi

Nissan Qashqai krossoverining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi

Jyeneva avtoshousida ishtiroq etayotgan Yaponiyaning Nissan kompaniyasi Qashqai krossoverining yangilangan namunasini namoyish etdi. Uning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan, saloni modernizatsiyalashtirilgan hamda yarim muqobil boshqaruv tizimi paydo bo‘lgan. 

«Avtopilot» ProPilot tizimi to‘plamiga kiradi va shosseda harakatlanish chog‘ida avtomobil boshqaruvini to‘liq o‘z ixtiyoriga olishi umkin. Elektronika mashinani yo‘lakda ushlaydi, tezlik va tormoz berish jarayonini mustaqil ravishda boshqaradi. Bunga qo‘shimcha ravishda mashina yaxshilangan xavfsizlik tizimi va haydovchiga ko‘mak beruvchi to‘plamlar bilan to‘ldirilgan. Xususan, piyodalarni tanish va favqulodda to‘xtash, atrofdagi harakatlanish va yo‘l belgilarini kuzata oladi. 

Krossover tashqi tomondan umuman yangi old qism bilan farqlanadi. Yangi kapot, bamper, chiroq va radiator qafasi shular jumlasidan. 

Salondagi asosiy ko‘zga tashlanadigan narsa bu yangi uch tayanchli rul chambaragi bo‘ldi. Bundan tashqari, multimedia majmuasining tashqi ko‘rinishi ham o‘zgargan. Qo‘shimcha haq evaziga yetti dinamikli Bose audiotizimi o‘rnatilgan Qashqai egasi bo‘lish mumkin. 

Nissan vakillari, shuningdek, podveska hamda rul boshqaruvi o‘zgartirilgani, qo‘shimcha shovqinni qaytaruvchi qoplama bilan ishlov berilganini ta'kidlashgan. Krossoverning motori avvlgidek qoladi. Hozircha, uning qachondan sotilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. 

Mavzuga oid