Jahon | 07:23 / 12.03.2017
14166
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya turk vazirini "nomaqbul xorijlik" deb e'lon qildi

Foto: epa/vostock-photo

Niderlandiya hukumati Turkiyaning oila ishlari bo‘yicha vaziri Fatma Betul Sayon Kayyani "nomaqbul xorijlik" deb e'lon qildi va uni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi. Bu haqda golland OAVga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.   

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Niderlandiya huquq-tartibot idoralari xodimlari turk vazirini Germaniya chegarasigacha kuzatib borishadi.  

Avvalroq Kayya Germaniyadan Niderlandiyaga quruqlikdagi transport bilan yetib olishini aytgandi. Kayya Niderlandiyada uning ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinganiga qaramasdan, Rotterdamga bormoqchi edi.

Kayya Niderlandiyaga kelganda, bu mamlakatning ichki ishlar vazirligi xodimlari Turkiyaning Rotterdamdagi bosh konsulligi qarorgohi yonida uning avtomobili yo‘lini to‘sishgan. Shuningdek, Kayyaning Niderlandiyaga tashrifini yoritmoqchi bo‘lgan jurnalistlar ham yo‘l konsullikka o‘tkazilmaganlar. 

Mavzuga oid