O‘zbekistonda 19 ta lochin tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi
Joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Tabiat muhofazasi xalqaro uyushmasiga kiritilgan 19 ta lochin Toshkent viloyati hududida tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Tugan Falconry Club” jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob qushlarni saqlash va ko‘paytirishga ixtisoslashgan buyurtmaxona tashabbusi bilan tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Unda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mas'ullari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, “Davbionazorat” inspeksiyasi, “Tugan Falconry Club” jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob qushlarni saqlash va ko‘paytirishga ixtisoslashgan buyurtmaxona xodimlari, ornitologlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
2016 yilning avgust oyida lochinlar turiga kiruvchi – itolg‘i lochin qushlari brakonerlardan tortib olindi va muhofaza uchun “Davbionazorat” inspeksiyasiga topshirildi.
Qushlarni topshirish vaqtida o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti mutaxassislari tekshiruvdan o‘tkazishgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra ularning ahvoli qoniqarsiz deb topilgan. Shu bois, ularni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish, ularning hayotini xavf ostiga qo‘yish bilan barobar ekanligi ta'kidlangandi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
19:32 / 07.11.2024