Jahon | 17:50 / 30.03.2017
7572
1 daqiqa o‘qiladi

Okeanda 2050 yilga kelib baliqlardan ko‘ra plastmassa ko‘proq bo‘lishi aytildi

Islandiya prezidenti Gvyudni Youxannesson Xalqaro Arktika forumida chiqish qilib, okean muammosini hal etishga chaqirdi. 

«Bugungi kunda har yili okeanga 8 mln. tonnadan ortiq plastik tashlanmoqda, hamda bu raqam faqatgina ortmoqda. 2050 yilda okeanda plastik chiqindilar baliqlardan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin», - dedi u.

Ma'lumot uchun, Xalqaro Arktika forumi Rossiyaning Arxangelsk shahrida 29-30 mart kunlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid