AQSh Janubiy Xitoy dengiziga navbatdagi raketali esminetsini yubordi
AQSh Janubiy Xitoy dengiziga Stethem nomli raketali esminetsini yubordi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
«Yaponiyaning Yokosuka bazasida joylashgan Stethem raketali esminetsi Janubiy Xitoy dengizida muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazadi», — deyiladi xabarda.
Flot vakili Robert Klinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu safarbarlik kema ekipajiga muhim mintaqalarda vazifalarni ado etishda kerakli tajriba to‘plash imkonini beradi. Ta'kidlanishicha, esminetsni yuborish qaroriga KXDRning navbatdagi yadro sinovlarini o‘tkazishi haqidagi xavotirlar sababli vujudga kelgan taranglik turtki bo‘lgan.
Avvalroq, AQSh yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani sezilsa, KXDRga preventiv zarba berishi mumkinligi haqida xabarlar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:14
Ukraina ilk bor KXDR askarini asirga oldi
15:55 / 28.12.2024
"Hamkor bo‘lmasak, nimani yo‘qotamiz?" – O‘zbekistonning BRICS’dagi ishtiroki haqida suhbat
08:56 / 28.12.2024
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50 / 28.12.2024