Jahon | 09:37 / 16.04.2017
14216
2 daqiqa o‘qiladi

Grenlandiyaning eng yirik muzliklaridan birida yoriq paydo bo‘ldi

Grenlandiyaning eng yirik muzliklaridan biri bo‘lgan Peterman muzligida yoriq paydo bo‘ldi. Olimlarning fikricha, bu yoriq muzlikdan katta muz "oroli"ning ajralishiga va keyinroq dengiz sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin, deb xabar bermoqda Washington Post nashri.

Yoriq surati NASA samolyotlaridan Arktika muzliklarining holatini kuzatishga qaratilgan Operation IceBridge dasturi doirasida olindi. Yoriqqa birinchi bo‘lib koinotdan suratga olingan muzliklarni o‘rganayotgan niderlandiyalik olim e'tibor qaratdi. Olimlar yoriqning paydo bo‘lishi sababini hali o‘rnatishmagan. Yoriq muzliklarga xos bo‘lmagan tarzda, muzlikning chetida emas, balki o‘rtasida paydo bo‘lgan. 

Yangi yoriq muzlik o‘rtasida paydo bo‘lgan kattaroq yoriq yonida vujudga kelgan. Agar bu ikki yoriq birlashsa, unda hosil bo‘lgan yangi yoriq muzlik uzunligining yarmiga cho‘zilib ketadi va bu muzlikdan katta bo‘lak ajralishiga olib kelishi mumkin.   

2010 va 2012 yillarda ham bu muzlikdan muz "orollari" ajralgan. Bu bo‘laklardan birining maydoni 250 kvadrat kilometrdan ko‘proqni tashkil qilgan. Daniya va Grenlandiya geologik xizmati xodimi Jyeyson Boksning aytishicha, muzlikdan ajraladigan yangi bo‘lakning maydoni 130 kvadrat km dan 180 kvadrat km gachani tashkil qilishi mumkin. 

 

Mavzuga oid