O‘zbekiston | 20:03 / 23.05.2017
56169
1 daqiqa o‘qiladi

Curxondaryoda yana bozor yondi

Surxondaryodagi manbalarimizning bizga xabar berishicha, Uzun tumanidagi qurilish mollari bozori — «Yevrostroy»da bugun, 23 may ertalab yong‘in sodir bo‘lgan.

Hozircha bu yong‘in va undagi jabrlanganlar haqida rasmiy organlardan ma'lumotlar yo‘q, lekin bizga jo‘natilayotgan xabarlarga qaraganda yong‘inda kamida ikki kishi jabrlangan, ulardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisining ahvoli og‘ir.

Qurilish mollari bozoridagi yong‘inda asosan kimyoviy aralashmalar va bo‘yoqlar olovning kuchayishiga olib kelgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 may oqshomida Surxondaryoning yana bir tumani markazi — Denov shahridagi «Habib bozor» kiyim-kechak bozorida katta yong‘in kelib chiqib, bozor butunlay yonib kulga aylangani haqida xabar berilgandi.

Foto: Twitter / @Kvartet_CFC 
Foto: Twitter / @Kvartet_CFC 

 

Mavzuga oid