Jahon | 10:26 / 18.06.2017
8063
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 5 xudkush hujum qilib, 2 politsiyachini o‘ldirdi

© AP Photo

Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyati hududida 5 jangari politsiya boshqarmasiga hujum qilgan. 

Tolo News telekanali xabariga ko‘ra, yakshanba tongida politsiya boshqarmasi oldidagi avtoturargohda jangarilardan biri o‘zini portlatgan, qolganlari ofisga bostirib kirishgan. Jangarilar otib tashlangan, to‘qnashuv vaqtida ikki politsiyachi ham halok bo‘lgan.

Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Pajvak agentligi xabarida esa 4 kishi hujum qurboni bo‘lgani, 25 kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgan.

Mavzuga oid