Jahon | 11:00 / 28.06.2017
7182
2 daqiqa o‘qiladi

Haaga sudi: Niderlandiya 7800 bosniyalikning o‘limiga mas'ul

Foto: AP

BMTning niderlandiyalik “moviy kaskalar” askarlari 1995 yilda Srebrenitsada ro‘y bergan qirg‘in vaqtida 7800 bosniyalik musulmonning o‘limiga javobgar, deb tan olindi. Bu haqda Die Tagesschau yozmoqda.

Hollandiyalik tinchlikparvar kuchlarning javobgarligi to‘g‘risidagi masala Haagada 27 iyun kuni hal etildi.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilda Srebrenitsada ro‘y bergan qirg‘in – Yugoslaviyadagi fuqarolar urushining eng qonli hodisalaridan biridir.

Serb Respublikasi armiyasining general Ratko Mladich qo‘mondonligidagi askarlari bosniyalik musulmonlardan 8 mingga yaqin erkakni o‘ldirgan. BMT esa Srebrenitsani “xavfsizlik zonasi” deb e'lon qilgan va u yerga 600 nafar hollandiyalik tinchlikparvarni yuborgan.

Urush tugaganidan so‘ng va Deyton kelishuvlari imzolangach, qurbonlarning “Srebrenitsa onalari” tashkilotiga kiruvchi qarindoshlari Niderlandiyaga qarshi ish qo‘zg‘atishdi. Ular ro‘y bergan hodisaga ushbu davlat mas'ul ekanini tan oldirish niyatida bo‘lishgan va kamida 4 mln. dollarlik tovon puli talab etishgan.

Otib tashlanganlar ro‘yxati bosniyalik serblar Respublikasi hukumati tomonidan 13 yil muqaddam e'lon qilingan, unda 7800 qurbonning ismi bo‘lgan. 

Ta'kidlab o‘tish joizki, Srebrenitsa fojialari genotsid sifatida tan olingan. Yevropa parlamenti 11 iyulni Srebrenitsadagi genotsid qurbonlari xotirasi kuni, deb e'lon qilgan.

Mavzuga oid