O‘zbekiston | 21:56 / 30.06.2017
43099
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari «kamolotchi»ni so‘kkani uchun ishdan olindi

Bugun, 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. 

Qurultoyda chiqish qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarini yig‘ilishning o‘zida ishdan olgan.
 
Ma'lum bo‘lishicha, Navoiy viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sobirjon Xolmurodov «Kamolot» YoIH Navoiy viloyat Kengashi raisini haqorat qilgani uchun lavozimdan bo‘shatildi.
 
Shuningdek, qurultoyda bundan buyon viloyat hokimlari va IIB boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari «Kamolot» YoIH o‘rnida yangi tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan tayinlanishi ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH faoliyatini to‘xtatib, uni O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirishga qaror qildi. Yangi tuzilmaning byudjyeti ikki barobarga kattalashtirildi. Yangi tuzilma raisi etib Qahramon Quronboyev saylandi.

Tuzatish: Xabarda dastlab sayt manbasiga asoslangan holda Navoiy viloyat IIB boshlig‘i Tursunpo‘lat Toshpo‘latov ishdan ketgani haqida yozilgandi, endilikda bu ma'lumot o‘z isbotini topmadi. Sayt tahririyati noto‘g‘ri ma'lumot uchun hozirda ham ish faoliyatini davom ettirayotgan Tursunpo‘lat Toshpo‘latovdan uzr so‘raydi.

Mavzuga oid