Jahon | 09:16 / 01.07.2017
5717
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkongning tarixdagi ilk ayol rahbari o‘z lavozimini bajarishga kirishdi

Foto: RIA Novosti

Xitoyning maxsus ma'muriy hududi Hongkongning yangi rahbari Kerri Lam 1 iyulda qasamyod keltirdi va o‘z lavozimini bajarishga kirishdi. Lam Hongkongga rahbarlik qiluvchi tarixdagi ilk ayol bo‘ldi.

Lam qasamyod matnini Xitoy raisi Si Tszinpin ko‘z o‘ngida o‘qib eshittirdi. Tszinpin Hongkongga bu hududning Buyuk Britaniya boshqaruvidan yana Xitoyga qaytganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun kelgandi. Lamning inauguratsiyasi marosimi Xitoy markaziy televideniyesi orqali namoyish qilindi.

Shuningdek, yangi hukumat va parlament a'zolari ham qasamyod keltirishdi.

Hongkongning yangi rahbarini saylash 26 martda 1194 kishidan iborat saylovchilar hay'ati tomondan o‘tkazilgan. Nomzodlardan Pekin hukumatiga eng ko‘p yon bosuvchi Lam 777 ovoz bilan Hongkongga yangi rahbar etib saylangandi.

Mavzuga oid