Jahon | 23:32 / 02.07.2017
13264
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh esminetsi Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlarga kirib bordi

Foto : U.S. Navy / MCS 2nd Class Declan Barnes

Xitoy AQSh esminetsi USS Stethem’ning Janubiy Xitoy dengizidagi Sisha bahsli hududlariga o‘zboshimchalik bilan kirib borishi tufayli AQShni o‘z suvereniteti va xalqaro huquqni qo‘pol buzishda aybladi, deb aytilgan Xitoy tashqi ishlar vazirligida. Xitoy bu orollarni o‘ziniki deb hisoblaydi.  

Esminets Xitoy harbiy kemalari va samolyotlari tomondan kutib olingan.

"Sisha orollari azaldan Xitoy hududi hisoblanadi. AQSh "erkin navigatsiya" bayrog‘i ostida navbatdagi marta harbiy kema yubordi. Bu kema o‘zboshimchalik bilan Sisha orollari suv hududiga kirib, Xitoy qonunlari va xalqaro huquqning tegishli me'yorlarini hamda Xitoy suverenitetini buzib, bu hududdagi tinchlik, xavfsizlik va tartibga putur yetkazdi", deb aytilgan Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan bayonotida.

"Bu jiddiy siyosiy va harbiy ig‘vogar harakatlardir, ular oroldagi infratuzilma va personalni xavf ostiga qo‘ydi", deyilgan xabarda.

Xitoy AQShni Xitoy suvereniteti va uning xavfsizligiga tahdid qiluvchi harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Xitoy vakili uning mamlakati davlat suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqiga egaligini ta'kidlab o‘tdi.

Xitoy, Yaponiya, Vetnam va Filippin o‘rtasida Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida dengiz chegaralari va javobgarlik hududlari bo‘yicha bahslar mavjud bo‘lib, Pekin Sisha va Nansha arxipelaglarini o‘ziniki deb hisoblaydi va bu orollardagi va unga yondosh suv hududlaridagi o‘z faoliyatini to‘liq qonuniy ekanligini va Xitoy suvereniteti ostiga tushishini ta'kidlab keladi. Biroq bu orollarga yuqorida tilga olingan davlatlar ham egalik qilish borasida e'tirozlar bildirib keladilar.

Mavzuga oid