Andijon kasb-hunar kollejlarida yangi o‘quv yili oldidan seminarlar o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan namunali seminarlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday anjumanlar Andijon industrial-pedagogika hamda Oltinko‘l iqtisodiyot kollejlarida bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari mazkur ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil qilingan auditoriyalar, ustaxonalar, sport inshootlari va boshqa madaniy-maishiy obektlar hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, pedagoglar tomonidan tayyorlangan o‘quv-metodik majmualar taqdimotida ishtirok etib, kollej binosida tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini hamda profilaktika inspektorlarining xizmat xonalaridagi sharoitlar haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.
O‘tkazilgan seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimi S. Yaqubov ishtirok etib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi xodimlarining yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rishga oid dolzarb vazifalari to‘g‘risida topshiriqlar berdi.
Seminar davomida ishtirokchilar 8 ta fandan tashkil etilgan namunali mashg‘ulotlarni hamda “Mustaqillik va xotira kuni” darsini kuzatdilar.
Shuningdek, Oltinko‘l iqtisodiyot kolleji professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy ishlaridan namunalar ko‘rgazmasi taqdimot qilindi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
15:02 / 25.12.2024
Ayrim maktab xodimlariga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
19:39 / 19.12.2024