Yangi Android O tizimidan nimalar kutish mumkin?
21 avgust kuni Google korporatsiyasi Android operatsion tizimining O kod nomi ostidagi sakkizinchi versiyasini taqdim etdi. Qoidaga ko‘ra, Android versiyalari shirinliklar sharafiga nomlanadi - AndroidPolice ma'lumotlariga ko‘ra, yangi tizim Android Oreo deya nomlangan. Business Insider nashri Android'ning yangi versiyasida paydo bo‘ladigan eng asosiy yangilanishlar haqida ma'lumot berdi.
Tezlashtirilgan tizim - avvalgidan ikki barobar tezroq
Asosiy ekran satrida zaryad darajasi foizlarda aks etadi
Ilovalarda xabar berish belgilari paydo bo‘ladi
Yangi xabarlari o‘qilmagan ilovalarda nuqta ko‘rinishidagi belgi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi unga bosib turib, o‘qilmagan xabarlarni ko‘zdan kechirishi mumkin bo‘ladi.
"Suratda surat" rejimi
Videorolik yoki videoqo‘ng‘iroq oynasini kichiklashtirish mumkin, u boshqa ilovalarning ustida turadi. Bu bir vaqtning o‘zida ikki servisdan foydalanish imkonini beradi.
Alohida ilovalarning xabar beruvchi tovushini vaqtinchalik o‘chirish imkoni
Foydalanuvchi ilovalarni to‘liq o‘chirish yoki "bezovta qilmaydigan" rejimga o‘tkazish o‘rniga ba'zi ilovalar tovushini vaqtinchalik o‘chirib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Matnni "aqlli" ajratish
Smart Text Selection funksiyasi ismlar va nomlarni avtomatik ravishda taniy boshlaydi - bu kerakli nomni istagan joyda ushlab turib, ajratish imkonini beradi.
Shuningdek bu funksiya telefon raqamlari va manzillarni ham taniy oladi, ular ajratilganda shu raqamdan yoki xarita ilovasidan foydalanishni taklif qiladi.
Google Play Protect himoya tizimi
Google Play Protect ilovalar va ularning funksiyalari foydalanuvchilarning qurilmalari va ma'lumotlariga ziyon yetkazmasligini nazorat qiladi.
Login va parollarni avtoto‘ldirish
Barcha ilovalar uchun Chrome'da saqlanib qolgan login va parollarni avtomatik tarzda to‘ldirish funksiyasi ishga tushadi. Masalan, agar Twitter'dagi profil ma'lumotlari Chrome'da saqlanib qolgan bo‘lsa, Android ularni Twitter ilovasida qo‘llashi mumkin.
Yangilanishni yetkazishning yangi tizimi
Android'ning asosiy muammosi shundaki, haddan tashqari kam qurilmalar tizimning so‘nggi versiyasigacha yangilanadi. Masalan, avgustning boshiga kelib, barcha Android-qurilmalarning atigi 13,5 foizigina - dolzarb 7.0 Nougat versiyasi boshqaruvi ostida va bor-yo‘g‘i 1,2 foizi so‘nggi yangilanish ostida ishlagan.
Google korporatsiyasi Android O bilan birga Treble nomli yangi tizimni ham namoyish qiladi, u Samsung, LG va boshqa kompaniyalar smartfonlaridagi tizimlar avvalgidan-da tezroq yangilanishi ta'minlaydi.
Mavzuga oid
12:10 / 22.12.2024
“Qotil” chatbot, kasallikni oldindan aniqlaydigan aqlli uzuk va super kompyuter – texnodayjest
17:12 / 20.12.2024
Google qidiruvida «Kalmar o‘yini»ni o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi
16:42 / 16.12.2024
Google yil davomida eng ko‘p qidirilgan mavzularni e’lon qildi
23:20 / 10.12.2024