Saudiya shahzodasi Qatar bilan aloqalarni tiklash tarafdori
Italiyaning Chernobbio shahrida o‘tkazilayotgan Ambrosetti Forumida ishtirok etgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Turki al-Faysal Bloomberg'ga intervyu berar ekan, ko‘rfaz davlatlari bilan munosabatlar o‘zgarishi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
«Barchasi Qatar Oliy sudining vakolatida qolgan, ular harakat qilishi lozim», deydi amalda rasmiy lavozimni egallab turmaydigan, mamlakatning sobiq razvedka boshqarmasi boshlig‘i.
Joriy yilning 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzishiga bir nechta vaj ko‘rsatilgandi. Ular qatorida qatarliklarning xalqaro terrorchilikni moliyalashtirib kelgani hamda Islom birodarlik tashkilotiga a'zo davlatlarning ichki siyosatiga aralashgani ham bor. 2013-2014 yillarda imzolangan shartnomalarga ko‘ra, Qatar diplomatik inqirozlarni bartaraf etishi va qardosh xalqlar bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqasini o‘rnatishi lozim edi.
Turki al-Faysal nutqi davomida ko‘p yillardan beri sovuqlashib borayotgan fors hukumati bilan vaziyatni ochiqlab olishimiz kerak, degan fikrni ilgari surdi.
Mavzuga oid
13:17
Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonning IT sohasiga investitsiya jalb etilishi mumkin
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
15:04 / 22.12.2024