Grozniydagi rohingya musulmonlari bo‘yicha mitingda milliondan ortiq kishi qatnashdi
Checheniston poytaxti Grozniy shahri markazida milliondan ortiq kishilar rohingya musulmonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yig‘ildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Checheniston IIVga asosan. O‘n minglab ishtirokchilar respublikaning boshqa tumanlaridan kelishgan.
Ramzon Qodirov mitingda chiqish qilib, Myanmadagi qonli hodisalarni to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, u aybdorlarni jazolash va insoniyatga qarshi jinoyatlarni tergov qilish lozimligini aytdi.
Checheniston rahbari Myanmadagi harbiylar va rohiblarning uslublarini fashistlar konslagerlaridagi nazoratchilarning harakatiga tenglashtirgan.
"Bu mamlakat hukumati bir milliondan ortiq rohingyaning umriga zomin bo‘ldi. Ularning uylari olov domida qoldi. Himoyasiz odamlarni bo‘laklarga bo‘lishmoqda, olovda yoqishmoqda, suvda cho‘ktirishmoqda. Bolalarni yerga urishmoqda, olovga otishmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Qodirovning ma'lum qilishicha, butunboshli xalq ko‘p yillardan beri halokat yoqasida turibdi, biroq hech kim Myanmaga qarshi sanksiyalar kiritayotgan yo‘q, BMT, boshqa tashkilotlar va jahon matbuoti esa faqatgina “jimjitlik bilan kuzatmoqda”.
Mavzuga oid
19:09 / 28.12.2024
O‘zbekistonlik amaldorlarga suiqasd: «chechen izi» va Qodirov tahdidi
07:56 / 28.12.2024
Kusherbayev har bir chechenistonlikni O‘zbekistonga kirishda qat’iy tekshirishni taklif qildi
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
19:20 / 15.12.2024