Fan-texnika | 18:15 / 05.09.2017
6851
1 daqiqa o‘qiladi

Jaguar "aqlli" rul ishlab chiqardi

Foto: Daily-Motor

Britaniyaning Jaguar avtomobil konserni sun'iy intellektli futuristik rul ishlab chiqardi. Bu haqida Daily-Motor xabar berdi

Rul g‘ildiragi taniqli dizayner Malkolm Sayyer sharafiga Jaguar Sayer nomini olgan. Yangi rul 2040 yil avtomobillarini namoyish qilishga mo‘ljallangan Future-Type kontsept-kariga o‘rnatiladi. 

Jaguar ruli mashina egasiga bo‘lajak uchrashuv haqida eslatib, kun tartibiga oid ma'lumotlarni saqlab qola oladi. Shuningdek yangi texnologiya haydovchining istaklarini topishi ham mumkin, masalan, "drayver yo‘nalishi"ni tanlash yoki aksincha, avtopilotni yoqish.

Rul ko‘chuvchi bo‘lib, uni Jaguar'ning boshqa modellarida ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Rulni boshqa mashinaga ko‘chirganda haydovchi, kreslolar holati, audiotizim sozlamalari, navigatsiya kartalari va shu kabi barcha ma'lumotlardan yangi mashinada ham foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid