Jamiyat | 07:57 / 13.09.2017
8830
4 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida arra o‘g‘risi, og‘ufurush va qidiruvdagi shaxslar ushlandi

11 sentabr kuni sutka davomida olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida bir qator jinoyat va hodisalar sababi aniqlanib, jinoyatlar issiq izidan ochildi. Qidiruvda bo‘lgan, jinoyatlarda gumonlanib, ayb e'lon qilingan 3 nafar shaxs ushlanib, shahar va tuman vaqtinchalik saqlash hibsxonalari va tergov idoralariga joylashtirildi. Bu haqda Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati Kun.uz nashriga xabar berdi.

Motoarra o‘g‘risi ushlandi

11 sentabr kuni Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasiga Sattepo maskani ko‘p qavatli yashash uylarini birida yashovchi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 40 yoshli fuqaro G.A. ariza bilan murojaat etdi. Shu kuni soat 19:30larda «Erkin savdo» majmuasida savdo qilib turgan vaqtida, noma'lum shaxslar tomonidan do‘koni tashqarisida sotuvga quyilgan, bahosi 800 ming so‘mlik bir dona benzinda ishlovchi motoarra (benzopila) o‘g‘irlanganini bildirgan. 

Shu zahotiyoq tushgan ariza yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati bataloni xodimlari M.Boliyev, G‘.Yoqubov va B.Jabborovlar tomonidan olib borgan operativ harakatlar natijasida o‘g‘rilik jinoyati tergov ishi yuritilishiga qadar aniq ish manziliga ega bo‘lmagan, mardikorchilik bilan shug‘ullanuvchi, shaharning Navoiy shohko‘chasida yashovchi 43 yoshli M.B. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Undan «TeXA» nomli motorli arra ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- va 169-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Qarib «quyilmagan» giyohvand

Viloyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Qoradori–2017» tadbiri davomida 11 sentabr kuni soat 11:30 larda Kattaqo‘rg‘on tumani hududida jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga ko‘ra, «Alijon» MFYda yashovchi, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, 50 yoshni qarshilagan A.T.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, uyning mehmonxonasidagi divan ostida ho‘l holatdagi, og‘irligi 14,78 gramm bo‘lgan «kannabis» o‘simligi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Qidiruvdagi jinoyatchilar ushlandi

Olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida Tayloq tumanida viloyat transportda jamoat xavfsizligi ta'minlash bo‘limi tergovchi xodimlari tomonidan jinoyat ishi buyicha qidiruvda bo‘lgan, Tayloq tuman Vorsin mahallasida yashovchi 35 yoshli N.U. Samarqand shahri «Aziz bozori» hududida ushlandi. 

Shuningdek, Paxtachi tumanida viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan qidiruv e'lon qilingan, tumanning «M.Salimiy» MFYda yashovchi 26 yoshli A.O. ushlanib, tegishli tartibda, qilgan jinoyatlari uchun jazo muqarrarligi ta'minlandi.
 

Mavzuga oid