Krasnodar o‘lkasida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari qo‘lga olindi
Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o‘lkasi mahalliy politsiya va Migratsiya agentligi xodimlari o‘tkazgan tekshiruvlar chog‘ida Ilovlinsk tumanidan 1,5 km masofadagi qishloq xo‘jaligi yerlarida 21 nafar chet el fuqarosi, xususan 9 nafar o‘zbekistonlik Rossiya migratsiya tartiblariga rioya qilmay yashab kelayotgani aniqlangan.
«Tekshiruvlar paytida qishloq xo‘jaligi yerlarida migratsiya qonun normalarini buzib yashab kelayotgan 21 nafar chet el fuqarosi borligi aniqlandi. Ulardan 12 nafari Xitoy, 9 nafari O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Shuningdek, 3 nafar o‘zbekistonlik Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun mamlakatdan chiqarib yuborilishi kutilmoqda», deyiladi huquq-tartibot organlari bergan bayonotda.
Umumiy tekshiruvlar jarayonida 39ta ma'muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi bo‘yicha protokol tuzilgan.
Mavzuga oid
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:05 / 24.12.2024
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
17:17 / 23.12.2024