Jahon | 14:30 / 06.12.2017
8865
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamlik yigit sun'iy nafas berish orqali cho‘kayotgan kuchukchani qutqardi

Vetnamlik velosipedchi plastik butilka yordamida nafas yo‘llariga sun'iy ventilyatsiya yo‘llash orqali cho‘kayotgan kuchuk bolasini qutqardi. U jarayonni boshidagi  dubulg‘asiga biriktirilgan kameraga muhrladi.

Yigit dastlab hushini yo‘qotgan jonivorni artib, tilini yutib yuborganmi yoki yo‘q - tekshirdi, keyin tubi olingan plastik butilkani olib, kuchukchaga sun'iy nafas bera boshladi. Shundan so‘ng kuchukchada hayotga qaytish belgilari sezildi.

Velosipedchi uni isitish uchun matoga o‘radi. Vetnam ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida u sun'iy nafasni to‘g‘ri berish qanday bo‘lishini bilmasligini, shunchaki intuitiv harakat qilganini aytdi. 

Kuchukchaning keyingi taqdiri haqida ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid