Jahon | 12:24 / 28.12.2017
19724
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Bishkek – Baliqchi temir yo‘l reysi qachon ochilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Arxiv foto

2018 yilning bahorida Toshkentdan Issiqko‘lga temir yo‘l qatnovi ochiladi. Toshkent – Bishkek – Baliqchi, deb xabar berdi Qirg‘iziston hukumatining Jogorku Keneshdagi vakili Ashirbek Temirbayev bugun, 28 dekabr kuni Jogorku Kenesh yig‘ilishida.

Kelishuvlarga ko‘ra, ushbu reys haftasiga bir martadan qatnaydi, deya xabar bergan u.

Bishkek – Jalolobod qatnovini ochish bo‘yicha taklifni esa hukumat e'tiborga olishi ma'lum qilindi.

23 dekabrdan «Eyr Manas» kompaniyasi Bishkek – Toshkent va O‘sh - Toshkent reyslarini haftasiga ikki martadan yo‘lga qo‘ydi.

Shuningdek, 25 dekabr kuni Qirg‘iziston delegatsiyasi O‘zbekistonda O‘sh – Qo‘qon, O‘sh – Andijon, O‘sh – Farg‘ona hamda O‘zbekistondan Jalolobod va Qizilqiyga avtobus reyslarini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

«Bunday qarorlar Sooronbay Sharipovichning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida muvofiqlashtirildi», - deya xabar berdi Temirbayev.

Mavzuga oid