Qonun ustuvorligi reytingi e'lon qilindi, unda O‘zbekiston ham bor
World Justice Project xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligi jahon reytingini e'lon qildi. Unda 113 mamlakat nomi keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston 91-o‘rinda qayd etilgan, bu o‘tgan yilga qaraganda 2 pog‘ona yuqori ko‘rsatkichdir.
Qonun ustuvorligi reytingi yilda bir marta tuziladi. Bu yilgi reytingda Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. AQSh 19-o‘rinda kelgan. Eng oxirgi o‘rinda Venesuela qayd etilgan.
Qozog‘iston 113 mamlakat ichidan 64-o‘rinni, Qirg‘iziston 82-o‘rinni, Afg‘oniston esa 111-o‘rinni egallagan. Reytingda Tojikiston va Turkmaniston yo‘q.
WJP qonun ustuvorligi reytingi sakkiz ko‘rsatkich asosida tuziladi: hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko‘rsatkichlari.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
17:36 / 10.12.2024