Sudan Nil daryosi o‘zanini o‘zgartirmoqchi
Sudan prezidenti Umar al-Bashir Port-Sudan shahrining suv bilan ta'minlanishi loyihasi amalga oshirilishi boshlanganini ma'lum qildi.
Loyihaga muvofiq, Nil daryosi o‘zani o‘zgartiriladi. Bu daryo suvlarini port shahriga yo‘naltirish imkonini beradi.
“Nil o‘zani al-Ubaydiyadan Port-Sudan tomon yo‘naltiriladi. Bu borada qaror qabul qilingan. Loyiha bilan bog‘liq masalalar hal qilinmoqda”, deb aytgan prezident.
Uning aytishicha, Xartum loyihaga zaruriy moliyaviy ko‘makni ko‘rsatishga tayyor.
Al-Bashir Port-Sudanning muhimligi haqida gapira turib, bu port nafaqat Sudanga, balki Efiopiya, Janubiy Sudan, Chad va butun Markaziy Afrika uchun muhimligini qayd qilgan. Uning aytishicha, ushbu davlatlar o‘z mahsulotlarini aynan Port-Sudan orqali import-eksport qiladilar.
“Biz Port-Sudanni Qizil dengizdagi eng muhim portga aylantirib, uni Afrikaning Shanxa yi qilmoqchimiz”, deb aytgan Sudan prezidenti.
Port-Sudanda ichimlik suvi yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Shaharning suv bilan ta'minlanishi loyihasi Nil uzoqda joylashgani sababli uzoq vaqt ko‘rilgan.
Nil suviga Misr va Sudan da'vogarlik qiladi. Misr Sudanni Nil daryosida to‘g‘on qurgan Efiopiyaga yordam berishda ayblamoqda.
Mavzuga oid
09:51 / 19.12.2024
Sudan Rossiya harbiy-dengiz bazasini joylashtirishdan bosh tortdi
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
20:57 / 31.10.2024