Jahon | 10:20 / 08.03.2018
9087
2 daqiqa o‘qiladi

McDonald's ayollar bayrami munosabati bilan ilk bor logotipini o‘zgartirdi

AQShning McDonald's tamaddixonalari tarmog‘i 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘z tarixida ilk bor logotipini o‘zgartirdi. Kompaniya o‘z logotipidagi “M” harfini aylantirib, “W” harfini hosil qildi. Bu esa inglizcha women – ayollar so‘zini bildiradi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Foto:  Twitter/@CampaignLiveUS

  7 mart kuni logotip Kaliforniyadagi bitta tamaddixonada o‘zgartirilgan. 8 mart kuni esa logotip tarmoqning sayti va mobil dasturlarida ham o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, tarmoqning 100 ga yaqin shoxobchasida ham logotip o‘zgacha ko‘rinish oladi.

McDonald's rahbariyati vakili Uendi Lyuisning aytishicha, bunday qaror “butun dunyodagi ayollar erishgan yutuqlar sharafiga” qabul qilingan. Kompaniya bayonotida ta'kidlanishicha, tarmoqning AQShdagi 10 nafar menejyeridan 6 nafari ayol kishilardir.

Oxirgi yillar ko‘plab kompaniyalar 8 martga bag‘ishlab biror reklama kampaniyasini o‘tkazishga intilib kelishadi, ular shu tariqa o‘zlarining gender tenglik siyosatiga sodiqliklarini ifodalashadi.

Mavzuga oid