O‘zbekiston | 20:20 / 26.03.2018
12552
1 daqiqa o‘qiladi

Federika Mogerini Toshkentda

Foto: Twitter

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzucida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib olgan. 

Mogerini Toshkentda markaziy osiyolik hamkasblari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid