Jamiyat | 15:51 / 12.04.2018
21695
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tezyurar yo‘lovchi poyezdiga yana tosh otishdi

Illyustrativ foto/Getty Images

Shu yilning 11 aprel kuni soat 17.05larda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi “Qo‘qon-Buvayda” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 9-10 km.da 59-sonli “Andijon-Toshkent” tezyurar yo‘lovchi poyezdi vagoniga noma'lum shaxs tomonidan tosh otilishi oqibatida vagonning deraza oynasi singan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmagan. Ayni vaqtda huquqbuzarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Bunday holatlar achinarli albatta. Aksariyat shu kabi nojo‘ya ishlarni voyaga yetmagan, hayot tajribasiga ega bo‘lmagan, o‘z qilmishining oqibatini fahmlamaydigan yoshlar sodir etadilar. Shuning uchun ota-onalardan o‘z farzandlariga e'tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Ularni bunyodkorlik ruhida tarbiya qiling, o‘zgalarning fojiasiga sababchi bo‘lib qolmang», - deyiladi IIV xabarida.

Mavzuga oid