Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda – IIV
Yo‘l transport hodisasi natijasida piyodani urib, o‘limiga sababchi bo‘lib voqea joyidan yashiringan haydovchi qidirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 15 aprel kuni soat 22.25larda, noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Bo‘lmas” mahallasi hududidan o‘tgan “To‘lg‘a-Ushoqtepa” ichki yo‘lida haydab ketayotib, yo‘l chekkasida ketayotgan piyoda, “Ushoqtepa” mahallasida yashagan, 1997 y.t. L.B.ni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. Natijada L.B. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
“Hurmatli fuqarolar ushbu holat yuzasidan biron bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga xabar berishingizni so‘raymiz. Befarqlik qilmang!” – deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024