Jamiyat | 11:10 / 14.05.2018
24737
1 daqiqa o‘qiladi

3 milliard so‘mlik noqonuniy saqlanayotgan mahsulot fosh etildi

Toshkentdagi omborxonalardan birida qiymati 3 milliard so‘mdan ortiq mahsulotlar noqonuniy saqlanayotganligi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahrida joylashgan xususiy firmalardan biriga tegishli omborxonalar ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu omborxonada xorijda ishlab chiqarilgan, biroq bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan 3 milliard 56 mln. so‘mlik “PVA-801 kley mashxad” nomli kley mahsulotlari hamda 180 mln. so‘mlik
“Ya rodilsya”, “Sorti” va “Biomax” nomli kir yuvish kukunlari saqlanayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid