Jamiyat | 14:47 / 20.05.2018
23450
2 daqiqa o‘qiladi

Davomat past. O‘quvchilar transport yo‘qligi uchun darsga qatnay olmayapti

Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati

Taraqqiyotlik o‘quvchilarning darsga muntazam qatnamasligiga Zarbdor tumanida jamoat transport qatnovining yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani sabab bo‘lmoqda, deb yozadi vaziyatni o‘rgangan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi a'zosi Faina Gilyazitdinova.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Zarbdor tuman Kengashi va deputatlik guruhi tomonidan «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar faoliyati o‘rganildi. Mazkur qonun ijrosi yuzasidan ta'lim muassasalari faoliyati ham tahlil qilindi.

Shu asnoda Zarbdor maishiy xizmat kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan reydlarda o‘quvchilarning umumiy davomati o‘rganildi. Unga ko‘ra jami 727 nafar o‘quvchidan 684 nafari darslarda qatnashayotganligi, qolgan 43 nafari esa dars jarayonlarida umuman ishtirok etmayotganligi aniqlandi.

Monitoring kunida o‘quvchi yoshlarning darslarda ishtiroki va davomati ahvoli o‘rganilganda – kechikib va darslarda muntazam ishtirok eta olmayotgan o‘quvchilarning aksariyati «Taraqqiyot» QFYda istiqomat qilishi ma'lum bo‘ldi. Tumanning chekka hududidan kollejgacha bo‘lgan masofa bir muncha olis bo‘lganligi sababli transport qatnovi bilan bog‘liq ko‘plab muammolar borligi, bu esa o‘quvchilarning darslarga o‘z vaqtida yetib kelolmasligi, yoki umuman kollejga kelmasligiga asosiy sabablardan bo‘lib qolmoqda.

Ma'lumot uchun, ayni paytda Zarbdor tumanida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar – 12 nafarni, profilaktik hisobda turgan farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ota-onalar 6 nafarni tashkil qiladi. Ammo, jamoat transporti qatnovi yaxshilanmagani tufayli yana 43 nafar o‘quvchi darsga jarayonida ishtirok etmayotgani achinarli holat.

Mavzuga oid