Tailandda plastik paketlar delfinning o‘limiga sabab bo‘ldi
Tailandda oshqozonida 80 ta plastik paket tiqilib qolgan qora delfin nobud bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, zoologlar delfinni qutqarmoqchi bo‘lishga urinishayotganda u 5 ta paketni qayt qilib chiqarib yuborgan.
Biolog-okeanograf Ton Tamrongnavasavatning aytishicha, delfinning yutib yuborgan paketlar sababli tirik qolishga imkoni bo‘lmagan, chunki u ozuqa qabul qila olmay qolgan.
Olimning ta'kidlashicha, Tailandda plastik chiqindilar sababli har yili 300 ga yaqin dengiz jonzoti, jumladan delfin, toshbaqa va kitlar nobud bo‘ladi.
Xitoy, Indoneziya, Filippin, Vetnam va Tailand atrof-muhitni ifloslantiruvchi eng yirik davlatlar hisoblanib, ularning hisobiga barcha plastik chiqindilarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
15:48 / 10.12.2024
Tailandda ikki kishi massajdan keyin vafot etdi
09:42 / 10.12.2024
O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024