Avtomobillar dizayni uchun mukofotlar topshirildi
Turinda Car Design Award 2018 mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 12 jurnalistdan iborat hay'at uch yo‘nalish: “kontsept-kar”, “seriyali avtomobil” va “brendning dizayn tili” bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi. Ushbu mukofotlarga Honda, Jaguar va Volvo loyiq deb topildi.
Oxirgi yillar yaratilgan kontsept-karlar o‘rtasida eng yuqori ballni kichik o‘lchamli Honda Urban EV oldi. Jurnalistlar yapon markasi dizaynerlarini retro-motivlar va futuristik ko‘rinishlarni uyg‘unlashtira olganlari uchun yuqori baholaganlar.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2- va 3-o‘rinni Genesis Essentia hamda Mazda Vision Coupe modellari egallagan.
Seriyali ishlab chiqariluvchi mashinalar orasida dizayn uchun eng yuqori ball Jaguar E-Pace krossoveriga berilgan. 2- va 3-o‘rinlarni Aston Martin Vantage hamda Polestar egallagan.
Eng yaxshi dizayn tili uchun mukofot Volvo’ga berilgan. Hay'at a'zolari ushbu marka bilan oxirgi yillar yuz bergan o‘zgarishlarni alohida ta'kidlab o‘tishgan.
Car Design Award mukofoti Auto & Design italyan jurnali bosh muharriri Fulvio Chinti tomonidan 1984 yilda tashkil etilgan. Bu mukofot 1997 yilgacha har yili o‘tkazib kelingan, biroq ko‘p yillarga to‘xtab qolib, 2016 yildagina yana o‘tkazila boshlangan. Hozir mukofotning hay'atlar tarkibiga Yevropa, AQSh, Lotin Amerikasi va Osiyodan 12 jurnalist kiradi. O‘tgan yil mukofotlar Jaguar I-Pace elektr mobiliga, seriyali sportkar Ford GT va Land Rover brendiga berilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
15:01 / 17.12.2024