Eng ishonchsiz smartfonlar nomi ma'lum qilindi
Samsung kompaniyasi smartfonlari Android tizimida ishlovchi eng ishonchsiz smartfonlar deb topildi. Bu haqda ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanuvchi Blancco kompaniyasi hisobotida ma'lum qilindi.
Blancco mutaxassislari tuzgan 2018 yil birinchi choragi bo‘yicha smartfonlar antireytingida Samsung qurilmalari birinchi o‘rinni egalladi. Tadqiqotchilar Janubiy Koreya kompaniyasi telefonlarida nosozlik yuz berish holatlarini deyarli 27,5 foiz deb baholadi.
Android tizimidagi eng ishonchsiz smartfonlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa 14 foiz nosozlik holatlari bilan Xiaomi, uchinchi o‘ringa 9,5 foizdan ortiq nosozlik bilan Motorola telefonlari joylashdi. Keyingi o‘rinlarni Huawei va InFocus kompaniyalari telefonlari band etdi.
Apple kompaniyasi qurilmalari orasida iPhone 6 va iPhone 6s eng ishonchsizlari deb topildi. Bu smartfonlarda ko‘pincha sensor bilan ishlash, Wi-Fi va Bluetooth’ga ulanishda nosozliklar kuzatiladi.
Mavzuga oid
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024