Jahon | 08:30 / 22.07.2018
14089
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh koalitsiyasi Suriya sharqida tinch aholiga zarbalar berdi

Foto: U.S. Air Force

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi Suriyaning Daur-az-Zor viloyatidagi As-Susa shahri tinch aholisiga zarbalar berdi. Oqibatda halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor, deb ma'lum qildi SANA axborot agentligi.  

“Xalqaro koalitsiya aviatsiyasi Abu-Kamol yaqinidagi As-Susa shahridan IShID terrorchilari zulmi va koalitsiyaning pala-partish aviazarbalaridan cho‘l tomon qochayotgan tinch aholiga zarba berdi. Bu esa ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlarga olib keldi”, deb aytilgan xabarda.

Mavzuga oid