Sport | 12:15 / 31.08.2018
10088
1 daqiqa o‘qiladi

Jasurbek Latipov birinchi finalchiga aylandi

Bugun Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha musobaqalarida yarim final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlab -52 kg vazn toifasidagi sportchilar ringga chiqishdi. O‘zbekistonlik Jasurbek Latipov qirg‘izistonlik kuchli raqib Azat Usenaliyev bilan jang qildi.

3 raund yakunlariga ko‘ra, hakamlar Jasurbek Latipovni g‘olib deb topishdi - 4:1 (10:27, 28:29, 29:28, 29:28, 30:27).

Endi u finalda yarim finalda tailandlik Tongdeye Yuttapongni mag‘lub etgan filippinlik Ladon Rogenga qarshi oltin medal uchun ringga chiqadi.

Jasur Latipov yarim finalga qadar xitoylik Hu Jiangguani 3:2 hisobida, indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi. 

Usenaliyev ishtirokini saralashan boshlab, ilk raqibi, laoslik Akkasit Viyengayni 5:0 hisobida yenggan, nimchorakda Pokiston vakili Asif Said Muhammadni 5:0, chorak finalda esa shimoliy koreyalik O Tay Bomni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Mavzuga oid