Jahon | 17:45 / 10.09.2018
9098
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Skripallarni zaharlagan shaxslar haqida ma'lumotga ega emasligini ma'lum qildi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremlda Britaniya tomoni Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlayotgan shaxslar bo‘yicha hozircha ma'lumotlar yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kremlda «gumonlanuvchilar» haqida ma'lumot yo‘q. Uning qo‘shimcha qilishicha, tegishli ma'lumotlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ular tergov organlariga topshiriladi. Peskovning bildirishicha, Rossiya-Britaniya hamkorligi Skripallar ishini tergov qilishda yordam berishi mumkin.

«Biroq, siz bilasizlarki, Britaniya tomoni bunday hamkorlikni umuman rad etmoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Putinni Skripallarni zaharlashda ayblagandi

Mavzuga oid