O‘zbekiston | 19:09 / 21.09.2018
27068
1 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan dilerlar bilan ishlash qayta ko‘rib chiqilganini ma'lum qildi

Foto: driversvillage

GM Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi ishlarini takomillashtirganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

«Endilikda siz avtomobilingizni o‘zingizga yaqin va qulay bo‘lgan istalgan avtosalondan xarid qilishingiz mumkin, hatto ushbu salonda avtomobil bo‘lmasa ham», - deyiladi xabarda.
 
Ta'kidlanishicha, shartnoma olish uchun onlayn ariza qoldirish yoki dilerga murojaat qilgan holda yetkazib berish shartlariga ko‘ra ushbu avtosalonda avtomobilni kutish mumkin.

«Avtomobillar qayta taqsimoti iste'molchilarning talablariga ko‘ra kunlik tarzda yangilab boriladi», - deya qayd etadi kompaniya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirgandi

Mavzuga oid