Binali Yildirim Samarqandga bordi
Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida Samarqandga bordi.
Yildirimni va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyani aeroportda O‘zbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov kutib olishgan.
Yildirim Samarqandga tashrifi davomida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga tashrif buyurib, uning qabriga gullar qo‘ygan. Bundan tashqari, turkiyalik yuqori martabali mehmon rafiqasi Samiha Yildirim bilan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga borgan.
Yildirim Imom al-Buxoriy masjidida namozni ado etib, masjid hovlisida mahalliy aholi bilan suhbatlashgan.
Yildirim boshchiligidagi turk delegatsiyasi Imom Moturidiy va Amir Temur qabri joylashgan Go‘r-Amir maqbaralariga tashrif buyurgan. Bu yerda Yildirim xorijiy sayyohlar bilan suhbatlashgan.
Yildirim, shuningdek, Registon maydoni, Ulug‘bek va Tilla-Qori madrasalariga borib, u yerda yurtdoshlari bilan uchrashgan.
Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Yildirim sharafiga qabul tashkillashtirdi. Yildirim 26 sentabrda qo‘hna Buxoro tomon yo‘l oladi.