O‘zbekiston va Rossiya g‘aznachilikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va o‘rta muddatli istiqbol uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinyapti, deb xabar beradi Moliya vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Federal g‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Mixaylik boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi.
Tashrif davomida sohaga g‘aznachilik kuzatuvining yangi turlari va axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligi vakillari g‘aznachilik axborot texnologiyalari bazasida byudjyetdan mablag‘ oluvchilarning markazlashtirilgan buxgalteriyasini yaratish yo‘li bilan g‘aznachilik kuzatuvini olib borish tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi.
Shuningdek, bir necha kun davomida byudjyet mablag‘laridan foydalanish, moliyaviy nazoratning ilg‘or uslublarini qo‘llash ustidan monitoring o‘tkazish samaradorligi, qolaversa, o‘tkazilgan nazorat natijalarini qayta tekshirish va baholash yo‘li bilan uning sifati uchun tekshiruvchilar mas'uliyatini oshirish masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligining ushbu idora auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Auditorlik tashkilotlari ish sifatining tashqi nazorati samaradorligini oshirishda Rossiya Federal G‘aznachiligi nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish» mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
21:41 / 27.12.2024
Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi
20:59 / 27.12.2024
Rossiya floti zamonaviy atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
18:40 / 27.12.2024