Jahon | 11:02 / 27.10.2018
11278
1 daqiqa o‘qiladi

“Turk oqimi” gaz quvurining ishga tushirilishi muddati ma'lum qilindi

Foto: Turk oqimi

“Turk oqimi” gaz quvuri ikki yo‘nalishining 2019 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbulga safariga tayyorlangan materiallarda aytilgan. Putin u yerda Suriya bo‘yicha 4 tomonlama sammitda ishtirok etadi va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi. 

“Turk oqimi” loyihasi Qora dengiz orqali ikki yo‘nalishdan iborat gaz quvuri qurilishini ko‘zda tutadi. Ulardan birinchisi tabiiy gazni turkiyalik iste'molchilarga, ikkinchisi esa Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlariga yetkazishga mo‘ljallangan.

May oxirida gaz quvuri Bolgariyagacha tortilishi ma'lum bo‘lgan. Bundan tashqari, Budapeshtda gaz quvuri Vengriyagacha ham qurilishiga umid bildirilgan.

Mavzuga oid