Jamiyat | 11:16 / 03.11.2018
42588
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: yana bir shifokor pora bilan qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasining ginekologiya bo‘limi akusher-ginekolog shifokori S.M. shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, fuqaro G.X.ning 4 oylik homilasini tushirib berish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 1 mln. 400 ming so‘m pulni pora tariqasida olganda ushlangan.

Shuningdek, tadbirda fuqaro G.X.ning 16 haftalik homilasi borligi aniqlanib, homiladorlik muddati 12 haftadan ortiq bo‘lgan shaxsning homilasini sun'iy tushirish mumkin emasligi haqida akusherlik-ginekologiya shifokor bo‘yicha mutaxassisning xulosasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi akusher-ginekolog shifokori S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid