Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk raqibini nokautga uchratdi
10 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing Promoutions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqishdi.
Professional boksda faoliyat boshlagan Mahmud G‘oipov tanzaniyalik Iddi Makveraga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik bokschi birinchi raunddayoq raqibni nokdaun holatiga tushirdi. Bu vaziyatda raund yakunlanib qolgani tufayli tanzaniyalik bokschi nokautdan qutulib qoldi. Ammo uchinchi va to‘rtinchi raundlarda ham G‘oipovning kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborib, polga qulagach, referi texnik nokaut e'lon qildi.
Shu tariqa, Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk jangidayoq nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Havaskor boksda 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Mahmud G‘oipov 2016 yilning fevralida Bolgariyadagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan, 2016-2018 yillarda «Uzbek Tigers» jamoasi safida musobaqalarda qatnashgan.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024