Jahon | 22:14 / 08.01.2019
18401
2 daqiqa o‘qiladi

Butun dunyoda tinch aholi tobora qurollanib borayotgani ma'lum qilindi

Foto: George Frey/Reuters

Oxirgi bir necha yil ichida dunyoda tinch aholiga tegishli o‘qotar qurol soni keskin oshdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi

Nashr Shveytsariyaning Small Arms Survey tashkiloti tadqiqoti natijalarini keltirib o‘tgan. Tadqiqotda 2017 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoda o‘qotar qurolning umumiy soni 1 mlrdga yetgani, bu 2006 yilga nisbatan 32 foiz ko‘pligi aytilgan.  

Ma'lum qilinishicha, bu qurolning 85 foizi – 857 mln donasi tinch aholi qo‘lida mujassamlashgan, 133 mln donasi (13 foizi) harbiylarda, 23 mln donasi (2 foizi) huquq-tartibot idoralari ixtiyorida.  

Eng ko‘p qurol AQSh aholisida bo‘lib, uning soni 393,3 mln donani tashkil qiladi. Bu borada 2-o‘rinni Hindiston (71,1 mln dona o‘qotar qurol), 3-o‘rinni Xitoy (49,7 mln dona), 4-o‘rinni Pokiston (43,9 mln dona) va 5-o‘rinni Rossiya (17,6 mln dona) egallaydi.    

Mavzuga oid