Olimlar Somon yo‘li diski shakli mutlaqo boshqa shaklda ekanini aniqlashdi
Olimlar galaktikaning eng aniq uch o‘lchamli xaritasini o‘rganib, somon yo‘lining chetlari siqilgan spiral shaklda birlashgan degan xulosaga keldi.
Bungacha Somon yo‘li Andromeda tumanligi kabi tekis «quymoq» shaklida deya hisoblab kelingan. Biroq avstraliyalik va xitoylik olimlar galaktikaning eng aniq xaritasiga ko‘ra, Somon yo‘li tekis «quymoq» shaklida emas, balki siqilgan «garmoshka» shaklida deb hisoblamoqda.
Olimlar 1300dan ziyod Tsefeidlargacha (Tsefeidlar – o‘zgaruvchan pulsar yulduzlari, ular yordamida uzoqdagi fazoviy jismlargacha masofani aniqlasa bo‘ladi) masofa o‘lchangan galaktika xaritasini yaratishdi. Xarita yordamida Somon yo‘lining haqiqiy shakli tasviri paydo bo‘lgan. Tsefeidlar Quyoshdan 100 ming baravar yorqinroq bo‘lib, galaktika chetigacha bo‘lgan masofani 95 foizgacha tiniqlikda aniqlash imkonini beradi.
Sidneydagi Makuori universiteti astronomi Richard de Greys Somon yo‘lining chetlari g‘ayrioddiy siqiq spiral shaklida chirmashib ketganini aytadi. Bu galaktikaning disk shaklidagi ichki qismi va uning chetlari gravitatsion ta'sirlar natijasida paydo bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Somon yo‘li — Yer sayyorasi, Quyosh tizimi va alohida yulduzlarni o‘z ichiga olgan galaktikadir.
Mavzuga oid
15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
09:43 / 03.02.2024
NASA Somon yo‘lidan tashqarida joylashgan 19 ta spiral galaktika suratini e’lon qildi
09:27 / 08.03.2019