Jahon | 08:09 / 11.03.2019
7132
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Tereza Mey vazirlar mahkamasi qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘ldi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit atrofidagi vaziyat tufayli vazirlar mahkamasining qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya hukumatidagi faqatgina ikki vazir Meyni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, Britaniya vazirlar mahkamasining ko‘pchilik a'zolari Mey iyul oyidan kechikmasdan iste'foga chiqishini xohlayapti.
Shu bilan birga, vazirlar mahkamasidagilar fikricha, Mey YeI bilan Brexit bo‘yicha kelishuv yuzasidan Britaniya parlamenti roziligini olish imkoniga ega bo‘lmaydi.
Bundan oldin, Yevroparlament Brexit kechiktirilishi mumkinligini istisno etmagandi.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
21:56 / 11.12.2024
Britaniya birinchi marta dronni lazer yordamida urib tushirdi
11:56 / 05.12.2024