Tailandda qirolga toj kiydirish marosimiga tayyorgarlik boshlandi
Tailandda 66 yoshli qirol Maxa Vachiralongkornga toj kiydirish munosabati bilan tayyorgarlik ishlari boshlandi, deya xabar beradi Reuters.
Ta'kidlanishicha, toj kiydirish marosimi may oyiga mo‘ljallangan. Biroq, hozirning o‘zida butun mamlakat bo‘ylab poklanish marosimi uchun «muqaddas suv» yig‘ilmoqda.
Qirolga toj kiydirish marosimi uch kun, 4 maydan 6 maygacha Bangkokda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, ushbu tadbirdan oldingi turli marosimlar bir oy davomida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 70 yil davomida Tailandni boshqargan qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX) 2016 yilning 13 oktyabrida 88 yoshda davomli kasallikdan keyin hayotdan ko‘z yumgan. Shundan so‘ng monarxning jasadi Katta qirollik saroyiga yetkazilgan. Bir yillik xayrlashuv davomida qirolni 12 milliondan ziyod kishi ziyorat qilgan.
Mavzuga oid
15:48 / 10.12.2024
Tailandda ikki kishi massajdan keyin vafot etdi
09:42 / 10.12.2024
O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
23:19 / 01.10.2024