Fan-texnika | 01:48 / 12.06.2019
8434
2 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp nopok foydalanuvchilarga qarshi huquqiy choralar ko‘rishini ma'lum qildi

Foto: Global Look Press

WhatsApp messenjeri dasturdan foydalanish qoidalarini buzgan foydalanuvchilar bilan sudlashishga tayyorligini e'lon qildi. Yangi choralar messenjer saytining xavfsizlik haqidagi bo‘limida keltirib o‘tilgan.

Ta'kidlanishicha, WhatsApp 7 dekabrdan xizmat taqdim qilish shartlarini buzishga aloqador yoki boshqalarga bunda yordam beruvchi foydalanuvchilarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rishni boshlaydi.  

Kompaniyada tushuntirilishicha, qoidabuzarliklar ro‘yxatiga xabarlarning avtomatlashtirilgan yoki ommaviy tarqatilishi, dasturdan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik kiradi. 

WhatsApp bir kompaniyaning messenjerdan foydalanish qoidalarini buzgan holda foydalanish mumkinligini ommaviy ravishda e'lon qilganini bunday qoidabuzarlikka misol sifatida keltirgan.

Sky News nashrining xabar berishicha, ogohlantirish WhatsApp messenjer foydalanuvchilari orasida pul o‘tkazmalari tizimini ishga tushirmoqchiligini e'lon qilgandan keyin paydo bo‘lgan. Hozirda messenjer foydalanuvchilari orasida pul jo‘natish tizimi Hindistonda sinov rejimida amalga oshirilmoqda.

WhatsApp ovozli va video-aloqani qo‘llab-quvvatlovchi bepul messenjer bo‘lib, undan milliarddan ko‘proq odam foydalanadi. Kompaniyaning bosh ofisi AQShda joylashgan. 

Mavzuga oid